Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda “gravitatsion” yadro bombasining muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgani ma'lum qilindi
AQSh harbiy-havo kuchlari “gravitatsion” yadro bombasi B61-12’ni sinovdan o‘tkazgan. Bu haqda Military.com portaliga AQSh qurolli kuchlarining yadroviy qurollarni strategik bostirish va integratsiya qilish shtabi boshlig‘i o‘rinbosari, general Jyek Vaynshteyn ma'lum qilgan.
“Biz 26 ta muhandislik, sozlash va parvoz sinovlarini o‘tkazdik. Dastur yaxshi ketmoqda”, deb aytgan Vaynshteyn. Uning aytishicha, modernizatsiya qilingan bombalar avvalgi 11-modifikatsiyadagi bombalardan 3 marta aniqroq bo‘ladi.
Sinov vaqtida qanday samolyotlardan foydalanilgani ma'lum qilinmagan. Portalning ma'lum qilishicha, yangi qurol 5-avloddagi F-35 Lightning II qiruvchi samolyotlari bilan mos kelishi kerak. Bombalarning ilk partiyasi 2020 yilda yetkazilishi kerak. Aviabombalarni AQShning Yevropa davlatlari – Germaniya, Italiya, Turkiya, Belgiya va Niderlandiyadagi bazalarida joylashtirish rejalashtirilgan.
Ta'kidlanishicha, B61-12 yadro bombasi o‘ta mustahkamlangan yer osti inshootlarini yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025