O‘zbekistonda saxovatli insonlar juda ko‘p ekan – Xayriya aksiyasi
Shu yilning 3 fevralida Toshkent shahar Yashnobod tumanida istiqomat qiluvchi Valijon Sobirjonov oilasi boshiga katta kulfat tushgani, uning uyi yonib ketgani haqida xabar qilingan va KUN.UZ xayriya aksiyasi o‘tkazgan edi.
Yong‘in yuz berganidan so‘ng, oradan roppa-rosa 3 oy o‘tgach, biz yana Valijon aka xonadonida bo‘lib, xayriya aksiyasi natijasi, oilaning hozirgi kundagi istiqomati bilan qiziqdik. Valijon aka bizni ko‘rishi bilan tashakkur aytib, duolar qila ketdi. Biz u kishini asta-sekin suhbatga tortamiz.
“Sizlar kelib ketib, saytda chiqarganlaringdan so‘ng, juda ko‘pchilikdan telefon qo‘ng‘iroqlari bo‘ldi. Hatto AQSh, Shvetsiya kabi xorijiy davlatlardagi hamyurtlarimiz qo‘ng‘iroq qilib, yordam qilishdi. Ayrimlari ko‘ngil so‘rashdi. Ularning barchasi imkoniyatlari darajasida yordam berishdi. Ulardan Alloh rozi bo‘lsin. Shuni ishonch bilan ayta olamanki, O‘zbekistonda saxovatli, ehsonsevar kishilar juda ko‘p ekan. Uyimning oldidan o‘tgan-ketganlar ham jilla qursa, to‘xtab hol-ahvol so‘rab o‘tishdi. Hammalaringizni erta-yu kech duo qilaman”, - deydi Valijon aka.
Azizlar, bir ko‘ngilni shod aylash ibodat darajasiga tenglashtirilgan. Shu bilan birga, bunday ishni qilish har bir insonga nasib etavermaydi. Aytmoqchi bo‘lganimiz shuki, Valijon aka ozmi-ko‘pmi, uyini tiklab olgan, biroq hovlidagi oshxonani tiklash va yakuniy obodonlashtirish ishlarini bajarishi uchun biroz qo‘li kaltalik qilmoqda. Yaxshilar, ehsonsevar, saxovatpesha yurtdoshlar, savob ishni oxirigacha yetkazib qo‘yaylik. Valijon akaga o‘t balosidan kelgan tashvishlaridan batamom qutulishlari uchun baholi-qudrat ko‘maklashaylik.
Agrobank (PAYME, CLICK:)
8600 0417 0285 7427
Valijon Sobirjonov: +998 93 376 35 16
Mavzuga oid
09:33
Toshkentdagi uylarning birida yong‘in kelib chiqdi
09:30 / 19.11.2024
Toshkentda 7,5 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi
23:49 / 08.11.2024
Britaniyada hospis yopilmasligi uchun 6 mln funt sterling xayriya mablag‘i to‘plandi
22:50 / 08.10.2024