Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ford va Xitoyning Zote kompaniyasi Xitoyda qo‘shma korxona ochishi ma'lum qilindi
Foto: AP Photo/Ng Han Guan
AQShning Ford konserni va Xitoyning Zote kompaniyasi Xitoyda avtomobillar ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona ochishga kelishib oldi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi.
“Ford va Zote kompaniyalari Xitoy bozori uchun avtomobillar ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona yaratadi”, deb aytilgan xabarda.
Bo‘lg‘usi kompaniyaning ustav kapitali 20 mln dollarni tashkil qiladi. Kompaniyalar uning 50 foizdan aksiyalarini olishadi. Avtomobillar Chjetszyan viloyati hududida ishlab chiqariladi.
2017 yil oxirida Ford konserni Anhui Zote Automobile kompaniyasi bilan qo‘shma korxona tashkil etishini ma'lum qilgandi. Rejaga ko‘ra, 2025 yilgacha 15 ta turli model ishlab chiqarilmoqchi.
Ford dunyodagi eng yirik avtomobilsozlik kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Kompaniya 2017 yilda Xitoy bozorida 1,2 mlntaga yaqin mashina sotgan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025