Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada Aleksey Navalniy qo‘lga olindi (video)
Muxolifatchi Aleksey Navalniy Moskva markazida ma'muriyat bilan muvofiqlashtirilmagan holda norozilik aksiyasi o‘tkazilgani uchun politsiya tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda rus OAV va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda aytiladi.
Moskvadagi Pushkin maydonida soat 14:00da muvofiqlashtirilmagan aksiya boshlangan. Navalniy ham unga yetib keldi, biroq oradan uncha ko‘p vaqt o‘tmay politsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari karnaylar orqali yig‘ilganlarni harakatlari noqonuniy ekani bilan ogohlantirishmoqda va tarqalishga chaqirishmoqda.
Hozirgi vaqtga kelib politsiya bir necha o‘nlab kishilarni qo‘lga oldi, ular orasida «Milliy ozod etish harakati» tarafdorlari ham bor. Qayd etilishicha, Tver ko‘chasidagi harakat to‘sib qo‘yilgan, maydon yonida avtozaklar turibdi.
Ta'kidlab o‘tish joizki, «U bizga shoh emas» shiori ostidagi norozilik namoyishlari Rossiyaning ko‘plab shaharlarida o‘tkazilmoqda. Jumladan, Yekaterinburg, Samara, Krasnoyarsk, Yakutsk, Novosibirskda bir necha minglab insonlar aksiyada qatnashmoqda.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
19:49 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi
14:35 / 08.05.2025