Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tergovni ijobiy hal qilib bermoqchi bo‘lgan shaxs 8 ming dollar bilan ushlandi
Toshkent viloyati «Barkamol Avlod» bolalar ijodiyot markazi mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tergovi davomida aniqlanishicha, mazkur markazning sobiq xodimi O.S. (1991 y.t.) markaz mansabdor shaxslarining ishonchiga kirib, ulardan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasidagi masalalarni “ijobiy hal qilish” evaziga pul mablag‘lari talab qilib kelayotganligi aniqlangan. Bu haqda viloyati prokuraturasi axborot xizmati xabar berdi.
O‘tkazilgan tezkor-tergov tadbiri jarayonida O.S. markaz mansabdor shaxslaridan 8000 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, O.S.ga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Mavzuga oid
20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21:32 / 21.05.2025