Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahar «GAI»lar kattasi va muovini ishdan bo‘shatildi
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Barat Mamenov lavozimidan bo‘shatildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot markazi ma'lumotiga asoslanib Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Barat Mamenov ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kadrlar bosh boshqarmasi ixtiyoriga o‘tkazilgan. Ammo polkovnikning ishdan olinishiga nima sabab bo‘lgani oshkor etilmadi. Toshkent shahar IIBB Matbuot markazi ma'lumotiga ko‘ra, ayni paytda YHXB boshlig‘i vazifasi lavozimi bo‘yicha boshqarma boshlig‘i muovini Jamshid Jo‘rayevga yuklatilgan.
Shuningdek, Toshkent shahar YHXB boshlig‘i muovini lavozimida ishlab kelayotgan Ma'ruf Hamroyev ham lavozimidan bo‘shatilgan, uning o‘rniga YHXB Tashkiliy tahlil va nazorat profilaktikasi bo‘limi boshlig‘i Aziz Sadirov ushbu vazifaga tayinlangan.
Mavzuga oid
23:09 / 03.08.2023
Mirishkorda ko‘lda cho‘milayotgan profilaktika inspektori g‘oyib bo‘lgan. Prokuratura voqeani tekshirmoqda
17:53 / 01.08.2023
IIB xodimlari ma’ruza qilgan bog‘cha mas’ullari jazolandimi?
23:46 / 31.07.2023
Raqamlar va hodisalar qo‘rqinchli. Toshkent viloyatida jinoyatchilik jilovi qo‘yib yuborildimi?
20:27 / 30.07.2023