Sport | 08:49 / 06.05.2018
8967
1 daqiqa o‘qiladi

Aleks Fergyuson miyasiga qon quyilishi sababli jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazdi

Foto: manutd.com

“Manchester Yunayted” klubining sobiq bosh murabbiyi, ser Aleks Fergyuson 5 may kuni shoshilinch tarzda shifoxonaga yetkazildi. 76 yoshli Fergyuson shifoxonada miyasiga qon quyilishidan keyin jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazdi. 

“Ser Aleks Fergyuson bugun jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli boshdan o‘tkazdi. Amaliyot juda yaxshi o‘tgan, biroq unga sog‘lig‘ini yaxshilash uchun jadal parvarish talab etiladi”, deb aytilgan klub bayonotida.

Fergyuson futbol tarixidagi eng muvaffaqiyatli va unvondor murabbiylardan biri hisoblanadi. Shotlandiyalik mutaxassis “MYu”ga 1986 yildan 2013 yilgacha murabbiylik qilgan. Klub uning rahbarligi ostida 38 ta turli unvonni, jumladan 2 marta Chempionlar ligasida, 13 marta Angliya chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. 1999 yilda unga qirolicha Yelizaveta II tomonidan ritsarlik unvoni berilgan, 2002 yilda nomi Angliya futboli shon-shuhrat zaliga kiritilgan.

Mavzuga oid