Jahon | 16:45 / 06.05.2018
7685
2 daqiqa o‘qiladi

Eron AQSh sudining 11 sentabr uchun kompensatsiyalarga doir qarorini qoraladi

Foto: Mehr News Agency

Tehron AQSh sudining Eron hukumati 11 sentabr teraktlari qurbonlariga kompensatsiyalar to‘lashi kerakligi haqidagi qarorini qoraladi. Mehr agentligi mamlakat TIV vakili Bahrom Qosimiyning so‘zlariga asoslanib, shu haqida xabar berdi. 

Chorshanba kuni Amerika sudi Eron Islom Respublikasi, Islom inqilobi muhofaza korpusi (IIMK) va Eron markaziy bankini Nyu-Yorkdagi 11 sentabr teraktlari qurbonlarining qarindoshlariga milliardlab dollar kompensatsiya to‘lashi kerakligiga doir hukm chiqardi, sud ularni 1008 nafar kishining o‘limiga aloqador deb tan oldi. Teraktlarni o‘rganuvchi maxsus komissiya Eronning voqeaga aloqadorligiga doir to‘g‘ridan-to‘g‘ri dalillarni topa olmagan bo‘lsa-da, sud shunday hukm chiqardi. 

"Sudning bunday qarori rad etiladi. Bu nafaqat xalqaro huquq tizimi ustidan kulish, balki Amerika xalqi, ayniqsa 11 sentabr teraktlari qurbonlari va ularning oilalari ustidan kulishdir", - dedi diplomatik idora vakili. 

Qosimiy AQShni "tarixni buzib ko‘rsatishda" aybladi. "Eron hukumati bunday noqonuniy sud qaroriga e'tiroz bildirish huquqini o‘zida qoldiradi", - qo‘shimcha qildi diplomat. 

2001 yilning 11 sentabridagi teraktlarda halok bo‘lganlarning qarindoshlari 2004 yilda Eron hukumatiga qarshi da'vo ishi ochishgan. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid