Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoydagi Poly International Plaza binosi (suratlar)
Xitoyning Pekin shahrida joylashgan Poly International Plaza binosi - SOM kompaniyasining tuzilmaviy muhandislik va me'morchilik guruhlari hamkorlikda yaratgan haqiqiy san'at asari.
Ulkan ekzoskelet binoning dastlabki tuzilmasi sifatida uning ikki yoysimon idorasidan iborat tashqi qiyofasini shakllantiradi. Ofis inshootlari ikki shisha qoplamalari ichidan o‘rin olgan.
Binoning tor burchaklarida qavatlararo maydon kengayib boradi va ikki atriumni hosil qiladi, ular tashqariga yo‘l ochib, biroz hordiq olib, Pekin manzaralarini tomosha qilish imkonini beradi.
Shuningdek binoda Pekinning ekstremal iqlim sharoitlaridan himoyalangan majlislar zallari ham mavjud.
Poly International Plaza loyihasi SOM me'morlariga tegishli. Bino maydoni 23 612 kv metrni tashkil qiladi. Loyihaning o‘zi esa 116 000 kv metr maydonni qamrab olgan. Uning balandligi - 161,20 metr. Ofis inshooti 2016 yilda bunyod qilingan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025