Sport | 12:55 / 07.05.2018
5759
2 daqiqa o‘qiladi

Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekistondan ilk yo‘llanma qo‘lga kiritildi

Janubiy Koreyaning Chyongju shahrida paralimpiyaning o‘q otish sport turi bo‘yicha ChYoNGJU-2018 Jahon Chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur musobaqada 25ta mamlakatdan kelgan 50dan ortiq sportchilar kuch sinashmoqda.

Musobaqalarda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan sportchi Server Ibragimov o‘z ishtirokini yakunlab 10metrga to‘pponchadan o‘q otish buyicha final bosqichida 236.8 natijasi bilan faxrli 2 o‘rinni egalladi va kumush medal sohibiga aylandi. 1 va 3-o‘rinlar esa xitoylik Yang Chao (237.2) hamda Xuan Xing (215.0)larga nasib etdi. 

Foto: Paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

Ushbu natijasi orqali Server Ibragimov Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Bu O‘zbekiston terma jamoasi uchun mazkur musobaqa uchun qo‘lga kiritilgan ilk yo‘llanma bo‘ldi.

Musobaqada ishtirokini yakunlagan Ibragimov 11 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:30da O‘zbekistonga qaytib keladi.

Mavzuga oid