Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda Rossiyaning yadro zarbasi oqibatlari baholandi
AQShda Jorjtaun universiteti professori Metyu Kroyenig «Amerika strategiyasi mantig‘i: nega strategik ustunlik muhim» kitobida Amerika tomoni Rossiya yadro zarbalari tufayli qanday yo‘qotishlarga uchrashini baholab chiqdi. Bu haqda The National Interest xabar bermoqda.
Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiyaning AQSh hududiga birinchi yadro zarbasi natijasida 131ta shahar yo‘q bo‘lib ketadi. Bundan tashqari, 70 mln kishi jabrlanadi. Kroyenig Rossiya Amerika tomoni javob zarbalariga qarshi kurashishini ham hisobga olgan.
Ta'kidlanishicha, AQSh qarshi hujumida Rossiya yadroviy arsenali bir qismi yo‘q qilinsada, Amerika hududiga ikkinchi zarba 28 mln kishining halok bo‘lishi va 12ta shaharning yo‘q bo‘lib ketishiga olib keladi. Kroyenigning fikricha, AQSh qit'alararo ballistik raketalar arsenalini yo‘q qilsa, Rossiya tomonining birinchi zarbasi tufayli halok bo‘lganlar soni 82 mln.ga yetishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Eron yadro dasturi bo‘yicha Qo‘shma keng ko‘lamli harakatlar rejasidan (QKHR) chiqish niyatida ekani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025