Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiya vazirlar mahkamasining vakolatlari muddati tugadi
Italiyaning Paolo Jyentiloni boshchiligidagi hukumatining vakolatlari muddati tugadi – formal jihatdan u iste'foga ketgan, biroq o‘zining joriy vazifalarini bajarishni davom ettirmoqda. Bu haqda Italiya prezidenti Serjo Mattarella ma'lum qildi.
Mattarella agar siyosiy partiyalar vakillari hukumat koalitsiyasini tuzishga kelisha olmasalar, muddatdan avvalgi saylovlargacha faoliyat yuritadigan “neytral hukumat” shakllantirishni taklif qildi.
Italiya prezidenti saylovlarning o‘tadigan ehtimoliy vaqti sifatida kelayotgan yoz yoki kuz va hattoki dekabrni aytgan.
Mattarella yangi hukumatni shakllantirish zarurligini ta'kidlab o‘tgan va siyosiy partiyalarni javobgarlikka chaqirgan.
“Agar yaqin orada parlament ko‘pchiligini tuzishga muvaffaq bo‘linsa, joriy vazirlar mahkamasi zudlik bilan iste'foga ketadi”, deb tushuntirgan Mattarella. Yaqin kunlarda aynan Mattarella vazirlar mahkamasining tarkibini taklif qilishi kerak bo‘ladigan bosh vazir lavozimiga nomzodni aytadi.
Mavzuga oid
14:59 / 27.05.2025
O‘zbekiston–Italiya: 33 yillik munosabatlarga nazar
10:02 / 26.05.2025
Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi
15:50 / 19.05.2025
Italiya 400 ta foydalanishdan chiqarilgan zirhli transportyorini Ukrainaga beradi
19:56 / 13.05.2025