Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliygohlarda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor lavozimi joriy etiladi - Prezident qarori
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»ga qarori qabul qilindi.
Qarorning kirish qismida mamlakatda qisqa muddatda innovatsiyaga yo‘naltirilgan iqtisodiyotni shakllantirishga va innovatsiyalarni keng joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilgani qayd etilib, ilmiy tadqiqotlar bilan ishlab chiqarish tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning samarali mexanizmlarini yo‘lga qo‘yishga, aloqalarni mustahkamlashga to‘siq bo‘layotgan bir qator muammolar saqlanib qolayotgani ta'kidlangan.
Qarorga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Fanlar akademiyasining:
- oliy ta'lim muassasalarida ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor lavozimi o‘rniga ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor lavozimini joriy etish;
- O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilm-fan bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarini bir vaqtda tegishli yo‘nalishdagi oliy ta'lim muassasalarining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori lavozimlariga tayinlash;
- oliy ta'lim muassasalari tuzilmasida innovatsion jamg‘armalar va ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha bo‘linmalar tashkil etish;
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti mablag‘laridan moliyalashtiriladigan qo‘shimcha 10 ta shtat birligini ajratgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tuzilmasida Fan va ilmiy-texnik tadqiqotlarni rivojlantirish boshqarmasini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilgan.
Belgilanmoqdaki:
- oliy ta'lim muassasalarining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlarini hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilm-fan bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarini (keyingi o‘rinlarda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlar hamda ilm-fan bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari deb yuritiladi) lavozimga tayinlash O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
- ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlar hamda ilm-fan bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari innovatsiya faoliyatiga oid masalalar, ilmiy-innovatsion ishlanmalarni joriy etish va tijoratlashtirish natijalari bo‘yicha bevosita O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga hisobdordir;
- O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi yiliga
- kamida ikki marta O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlar hamda ilm-fan bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarining ilmiy-innovatsion faoliyatini baholash yuzasidan axborot kiritadi;
- O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi A.Yu.Umarov ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlar hamda ilm-fan bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarining faoliyatini samarali muvofiqlashtirish bo‘yicha shaxsan mas'ul hisoblanadi;
- oliy ta'lim muassasalarining innovatsion jamg‘armalarini (keyingi o‘rinlarda – innovatsion jamg‘armalar) shakllantirish innovatsion mahsulotlarni tijoratlashtirishdan olinadigan daromadlar, oliy ta'lim muassasalarining ish haqi, stipendiya to‘lash, shuningdek, boshqa joriy xarajatlari qoplangandan keyin to‘lov-kontrakt mablag‘larining 5 foizdan kam bo‘lmagan miqdorini yo‘naltirish hisobiga amalga oshiriladi.
Innovatsion jamg‘armalarning mablag‘lari:
- ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni rag‘batlantirishga;
- ilmiy-laboratoriya uskunalari, sarflash materiallari va butlovchi buyumlar sotib olishga;
- ilmiy-tadqiqot infratuzilmasini shakllantirish va yangilashga, ilmiy xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga;
- innovatsiya faoliyati bilan bog‘liq boshqa xarajatlarni amalga oshirishga yo‘naltirilishi belgilab qo‘yilmoqa.
- Quyidagilar oliy ta'lim muassasalarining ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha bo‘linmalarining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib hisoblanadi:
- bozorni tizimli ravishda tahlil qilish va innovatsion mahsulot (ish, xizmat) larga bo‘lgan talabni o‘rganish, o‘zini qoplash muddatini, rentabellik va innovatsion mahsulotlarni tijoratlashtirish bilan bog‘liq xatarlarni baholash;
- yuqori tijorat salohiyatiga ega va amalga oshirishga tayyor bo‘lgan, o‘zlashtirish uchun istiqbolli loyihalarni tanlab olish;
- innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun investorlar, sheriklar va boshqa manfaatdor shaxslarni jalb qilish;
- yangi texnologiyalarni joriy qilish va innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadida sanoat korxonalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish.
- Belgilansinki, oliy ta'lim muassasalarining ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha bo‘linmalari faoliyati innovatsion jamg‘armalar mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari:
- bir oy muddatda rahbar o‘rinbosarlaridan birini innovatsion rivojlanish
- masalalari bo‘yicha mas'ul etib belgilaydi;
- har yil 1 oktabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishgan holda tadbirlarni moliyalashtirishning aniq miqdor va manbalarini belgilab, kelgusi yil uchun tegishli tarmoq va sohalarni innovatsion rivojlantirishning “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilishini, shuningdek, ularning samarali amalga oshirilishini ta'minlaydi.
2022 yil 1 yanvarga qadar muddatda:
- belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan olib kiriladigan ilmiy asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, sarflash materiallari, reaktivlar, dasturiy ta'minot bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno);
- ilmiy-tadqiqot tashkilotlari ularning asosiy faoliyati bo‘yicha barcha turdagi soliqlar va majburiy ajratmalardan ozod qilinadi (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjyetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga ajratmalar bundan mustasno). Bo‘shayotgan mablag‘lar ularning xodimlarini moddiy rag‘batlantirish uchun maqsadli yo‘naltiriladi.
Mavzuga oid
13:18 / 12.05.2025
O‘zbekistonda tadqiqotlar uchun yalpi xarajatlar 4,5 trln so‘mni tashkil etdi
17:34 / 02.12.2024
Sun’iy idrok tadqiqot natijalarini odamlardan yaxshiroq bashorat qilmoqda
20:45 / 12.11.2024
Angliyada birinchi akkumulyatorli poyezd sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. U soatiga 120 km tezlikka chiqdi
20:52 / 04.10.2024