Jahon | 16:00 / 08.05.2018
6933
1 daqiqa o‘qiladi

Putin Pashinyanni tabrikladi

Foto: Mixail Mettsel/TASS

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Nikol Pashinyanga Armaniston bosh vaziri lavozimiga kirishishi munosabati bilan tabrik telegrammasi yo‘lladi. Bu haqda Kreml saytida ma'lum qilingan.

«Men sizning boshchiligingizdagi hukumat Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi va Kollektiv xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti doirasida biz bilan do‘stona hamda ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantiradi, deb hisoblaymiz», — degan Putin.

Nikol Pashinyan bugun parlamentda 59 deputat ovozini olib, mamlakatning yangi bosh vaziriga aylandi. U aprel oyi davomida Armaniston poytaxti Yerevanda sobiq prezident Serj Sargsyanning bosh vazirga aylanishiga qarshi o‘tkazilgan norozilik namoyishlari ortidan hukumat tepasiga keldi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid