Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Litva 5 yil ichidagi ilk hukumatlararo komissiya yig‘ilishini o‘tkazadi
Joriy yilda 5 yil ichidagi ilk O‘zbekiston-Litva hukumatlararo komissiyasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda 8 may kuni Litva tashqi ishlar vaziri Linas Linkyavichyus ma'lum qildi.
“Biz 3-chorakda 5 yildan beri yig‘ilmagan hukumatlararo komissiya bo‘lib o‘tishiga qaror qildik”, deb aytgan Toshkentda tashrif bilan qolayotgan Linkyavichyus.
Uning aytishicha, yig‘ilish Toshkentda bo‘lib o‘tadi, biroq u o‘tadigan sana hali belgilanmagan.
Linkyavichyusning ta'kidlashicha, tomonlar boy berilganlarni to‘ldirishi lozim. “Vazirlik va idoralarimizning bugungi uchrashuvida yangragan barcha g‘oyalarni ko‘zdan kechirib chiqamiz. Bizning doimiy vakolatxonamiz yo‘qligiga qaramasdan, bu salohiyatimizni qo‘llamaslikka asos emas”, deb aytgan Linkyavichyus.
Linkyavichyus ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasi 2017 yil ichida 20 foizga o‘sganini va 264 mln dollarga yetganini alohida ta'kidlab o‘tgan.
“Balki bu raqamlar kimgadir kamtarona ko‘rinar, biroq biz uchun ancha ahamiyatlidir. Ko‘rsatkichlar bundan ham hayratliroq bo‘lishi mumkin edi, ammo ba'zi segmentlar bizda umuman qamrab olinmagan”, deb qo‘shimcha qilgan Linkyavichyus.
Mavzuga oid
19:13 / 23.05.2025
Litva 1 iyundan Rossiyaning nobiometrik xorijga chiqish pasportini tan olmaydi
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
19:20 / 19.05.2025
Litva Belarus ustidan BMT Xalqaro sudiga da’vo kiritdi
14:10 / 14.05.2025