Jamiyat | 01:36 / 09.05.2018
15045
2 daqiqa o‘qiladi

Yordamga muhtoj sabrli ayol qismati

Taqdirning hukmini qarangki, hayotimizda ko‘plab sinovlarning guvohi bo‘lamiz. Uning qarori shunchalik og‘irki, u xoh nochor bo‘lsin, xoh go‘dak bo‘lsin, qo‘yingki, u ayol bo‘lsin ayab o‘tirishi dargumon.

Kun.uz saytida “Koksartrozdan aziyat chekayotgan Gulnora opa yaxshilar yordamiga muhtoj!” sarlavhali xayriya aksiyasi tashkil etilgandi. Dastavval, vaziyatni eslab o‘tishni joiz deb topdik. Ma'lum bo‘lishicha, Gulnora opa bolalar shifokori bo‘lib bir necha yillar faoliyat yuritgan. So‘nggi ikki yillar mobaynida dardi kuchayib, hozirda yura olmay qolgan. Bunga: umurtqa pog‘onasi bel-dumg‘aza sohasining ildizcha og‘riqli sindrom bilan  osteoxondrozi, osteoartroz, poliartroz, Disk proturiziyalari, 2 tomonlama 3-darajali koksartroz tashxisi sababdir.

Hozirgi kunda Gulnora opa yangi operatsiya amaliyotiga tayyorlanmoqda. Buning uchun 25 mln so‘mga yaqin mablag‘ga muhtoj ekanligi aniqlandi. Savobtalab insonlarning ko‘magida pulning yarim qismi to‘plangan.

Xulosa o‘rnida bir Hadisi sharifdan misol keltirsak:Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: “Kim musulmon birodari bilan sulton o‘rtasida vosita bo‘lib, unga biror yaxshilik yetishi yoki mashaqqati oson bo‘lishiga sababchi bo‘lsa, Alloh taolo qadamlar toyiladigan kunda uning sirot ko‘prigidan o‘tishiga yordamchi bo‘ladi”, – dedilar». Abu Tohir Maqdisiy rivoyati.

Keling, savobli ishni bugundan qoldirmaylik!

Haydarov Alisher 

Click/Payme va boshqa pul o‘tkazishlar uchun

Agrobank kartochkasi: 8600 0417 6795 8441

Telefon: +998 94 680 17 52, +998 90 359 98 15

Mavzuga oid