Jamiyat | 23:19 / 09.05.2018
10330
2 daqiqa o‘qiladi

Fotoreportaj: Andijon viloyatida Xotira va qadrlash kuni ommaviy sayillar bilan o‘tdi

Foto: KUN.UZ

Andijon viloyatining barcha tuman va shaharlarida 9 may – Xotira va qadrlash kuni o‘zgacha ruhda nishonlandi. Bayram arafasida hududlarda sana munosabati bilan tadbirlar o‘tkazilib, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat faxriylari, ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilar holidan xabar olindi.

9 may kuni viloyat markazida asosiy tadbir o‘tkazildi. Erta tongda viloyat hokimligi, harbiy qismlar vakillari, huquq-tartibot idoralari xodimlari hamda keng jamoatchilik “Motamsaro ona” haykali poyiga guldastalar qo‘ydilar.

Harbiy parad, urush voqeliklari aks etgan sahna ko‘rinishlari, askar yigitlarning chiqishlarini 20 mingga yaqin kishilar tomosha qildi.

Viloyatning Oltinko‘l tumanida sana yangi qiyofa kasb etgan Xotira maydonida nishonlandi. Monument poyiga gullar qo‘yish marosimidan so‘ng tuman badiiy jamoalari yig‘ilganlarga teatrlashtirilgan konsert dasturi namoyish qilib berdilar.

KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon

Элмурод Эрматов
Tayyorlagan Элмурод Эрматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid