Klinton Eron bo‘yicha qarorni tanqid ostiga oldi
AQSh sobiq davlat kotibi va Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Trampning 2016 yilgi saylovlarda asosiy raqibi bo‘lgan Hillari Klinton AQShning Eron bilan yadroviy bitimdan chiqishini katta xato, deb atadi. Bu haqda u tvitterdagi sahifasida yozgan.
«Eron bilan yadroviy bitimdan chiqish katta xato. Bu Amerikaga xavf uyg‘otadi va davlatni ishonchsizroq qiladi. Eron endi ancha xavfli. «B» reja qanday? Bombardimon qilish javobga aylanishi mumkinligi haqida o‘ylayotgan har bir kishi yolg‘on axborotga ega», - deya yozgan Klinton.
Uning ta'kidlashicha, Eronga qarshi yangi sanksiyalarning joriy etilishi yadro bitimini imzolashdan ko‘ra qiyinroq vazifa bo‘ladi.
«Shuningdek, ballistik raketalar va terrorizm kabi boshqa turdagi tahdidlar bilan ish ko‘rish qiyinlashadi. Endi bizda bosim dastaklari yo‘q. Eron nima xohlayotgan bo‘lsa, shuni qilishi mumkin», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Klinton.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni Trampning qarorini qo‘llab-quvvatlagandi.
Mavzuga oid
19:45
Norvegiyada AQSh elchixonasi qo‘riqchisi josuslikda gumonlanib qo‘lga olindi
08:39
AEXA rahbari Eron yadro dasturi bo‘yicha hisobot tayyorlaydi
23:14 / 19.11.2024
Eron uranni boyitishni to‘xtatishga tayyorligini bildirdi - OAV
21:44 / 19.11.2024