Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Qo‘lingizdan hech narsa kelmaydi!» - Eron oliy yetakchisi Trampni yolg‘onchilikda aybladi
Eron oliy yetakchisi Ali Xomanaiy AQSh prezidenti Donald Trampni, u Eron bo‘yicha yadroviy bitimdan chiqish to‘g‘risidagi bayonoti vaqtida ko‘p marta yolg‘on gapirganligida aybladi. Bu haqda Mehr xabar bermoqda.
«Barchangiz kecha kechqurun Amerika prezidentining ahmoqona va tushunarsiz gaplarini eshitdingiz. U o‘z nutqida o‘n martadan ko‘p yolg‘on gapirdi. U ham Eron hukumatiga, har xalqiga tahdid qildi. Eron xalqi nomidan unga shunday demoqchiman: janob Tramp, sizning qo‘lingizdan hech narsa kelmaydi!» - dedi Xomanaiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika tomonining Eronga munosabati avvaldan mamlakatning yadro sohasidagi ishlanmalariga aloqador bo‘lmagan. Bitimdan so‘ng ham AQShning dushmanligi saqlanib qoldi.
«Agarda biz ularning shartlarini qabul qilsak, muammo hal etilmaydi, ular yana nimanidir o‘ylab topadi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan Xomanaiy.
Shuningdek, uning ma'lum qilishicha, bitimda vositachilik qilgan Yevropa davlatlariga ishonch qolmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Trampning Eron bo‘yicha qarori neft narxiga ta'sir qilgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025