Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mask Tesla aksiyalariga taxminan 10 mln dollar yo‘naltirdi
Tesla kompaniyasi asoschisi Ilon Mask o‘z kompaniyasining 33 ming aksiyasini xarid qildi, ular 9,9 mln dollarga tushdi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.
Sotib olingan aksiyalar Maskning kompaniyadagi ulushiga ta'sir ko‘rsatmagan: u 22 foiz aksiyalar bilan Tesla aktivlarining yetakchi egasi bo‘lib qolishda davom etmoqda. Yangi aksiyalar Maskning ulushini bir foizning o‘ndan bir qismiga kamroq oshirgan.
Ta'kidlanishicha, odatda ijrochi direktorlar ochiq bozorda o‘z kompaniyalari aksiyalarini xarid qilmaydi. Taxminlarga ko‘ra, Mask shu tariqa o‘z kompaniyasi iqtisodiy istiqbollariga ishonishini bildirmoqchi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tesla rekord darajada zarar ko‘rgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
09:43 / 28.05.2025
SpaceX'ning Starship kemasi to‘qqizinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz tugadi
22:45 / 27.05.2025
Yevropada Tesla elektromobillari savdosi quladi
18:36 / 26.05.2025
Yangi avtopilot Tesla avtomobilini ag‘dardi
22:00 / 24.05.2025