Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent aeroportida bolalar o‘yingohi paydo bo‘ladi
Islom Karimov nomidagi Toshkent aeroporti ma'muriyati xalqaro yo‘nalishlar aerovokzalida bolalar o‘yin maydonchasini tashkil qilmoqchi. Shu munosabat bilan aeroport ma'muriyati ushbu maydonchani tashkillashtirish bo‘yicha takliflar tanlovini e'lon qildi.
Aeroport ma'lumotlariga ko‘ra, o‘yingoh maydoni 20-40 metr kvadratni tashkil qiladi. Maydoncha uchib ketuvchi yo‘lovchilar blokida tashkillashtiriladi va 3-10 yoshli bolalar uchun mo‘ljallanadi.
Aeroport ma'muriyati har qanday taklif va loyihalarni ko‘rib chiqishini ma'lum qilgan.
Tanlovda ushbu sohada 3 yildan ko‘proq faoliyat yuritayotgan istalgan tashkilotlar ishtirok etishi mumkin. Takliflar qabul qilinishi 16 may kuni tugaydi.
Mavzuga oid
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
19:14 / 17.04.2025
Toshkent aeroportida yuklarni saqlash uchun avtomatik javonlar paydo bo‘ldi
13:07 / 12.02.2025
Buyuk Britaniyada bolalar maydonchasi ostidan Ikkinchi jahon urushiga oid 150 dan ortiq bomba topildi
12:02 / 02.11.2024