Yum! Brands: «KFC’ning O‘zbekistondagi muvaffaqiyatiga ishonamiz»
Yum! Brands yil oxiriga qadar Toshkentda bir nechta KFC restoranini ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Spot kompaniyaga asosan xabar berdi.
«Markaziy Osiyo biznesni rivojlantirish uchun jiddiy salohiyatga ega va KFC’ga kengayish uchun muhim mintaqalardan biri hisoblanadi. O‘zbekistonda International Food Chain KFC’ning hamkoriga aylandi. Kompaniya 2018 yil oxirigacha Toshkentda KFC’ning bir nechta restoranlarini ochishni rejalashtirmoqda», - deyiladi xabarda.
Kompaniyadan bildirishlaricha, KFC restoranlarining O‘zbekistondagi faoliyati Yum! Brands xalqaro sifat standartlariga muvofiq ravishda tashkil etiladi.
«Bu ishlab chiqarish jarayonining barcha jihatlariga taalluqlidir – mahsulotlarni yetkazib berishdan tortib, taom tayyorlash va uni taqdim etishgacha. Bo‘lajak restoranlar jamoasi Moskvada maxsus ta'lim oladi va amaliyotdan o‘tadi, bu Toshkent restoranlari mehmonlariga mukammal xizmat ko‘rsatish uchun kerak», - deyiladi xabarda.
Kompaniya restoranlar qayerda joylashishini ochiqlamagan, biroq ularning biri Vestminster universiteti oldida ochiladi.
«Biz KFC’ning O‘zbekistondagi muvaffaqiyatiga ishonamiz», - deya ma'lum qilishgan kompaniyadan.
Mavzuga oid
20:02 / 31.10.2024
Ishdan bo‘shatilgan xodim yashirin ravishda Disney restoranlaridagi menyularni o‘zgartirib qo‘ydi
12:48 / 21.10.2024
“700 ga yaqin umumiy ovqatlanish korxonalarining 75 foizida taomnoma o‘zbek tilida emas” – Raqobat qo‘mitasi
23:58 / 11.09.2024
Toshkentdagi restoranlardan birida ommaviy zaharlanish yuz berdi
10:00 / 09.09.2024