Jamiyat | 21:24 / 10.05.2018
54695
5 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Markaziy Osiyoning eng katta tegirmoni ishga tushirildi

10 may kuni Beshefar kompaniyasi Markaziy Osiyodagi eng katta tegirmon faoliyatiga start berdi. Sergeli sanoat zonasida ishlab chiqarish qiymati 650 tonnani tashkil qiluvchi tegirmon ishga tushirildi.

Foto: Beshefar

Ta'kidlash joizki, bu Beshefar kompaniyasining O‘zbekistondagi ikkinchi loyihasi hisoblanadi. Birinchi loyiha 2013 yilda tuzilgan bo‘lib, unga ko‘ra Yashnobod tumanida 300 tonnalik un ishlab chiqarish quvvatiga ega zavod barpo etilgan. Iste'molchilar talabi oshgan sari yangi zavod qurilishiga ehtiyoj sezilgan va ishlab chiqarish quvvatini kengaytirishga qaror qilingan.

Yangi zavodning quvvati juda katta, ya'ni ushbu tegirmon 650 tonna un ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Tegirmon eng zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Tegirmonni ishga tushirishda uning energotejamkorligi ham inobatga olingan. Ushbu texnologiyalar Turkiyadan keltirilgan bo‘lib, ular un ishlab chiqarishdagi eng ilg‘or texnologiya hisoblanadi.

Foto: Beshefar
Foto: Beshefar
Foto: Beshefar

Tegirmon hovlisida to‘rt bayroq (O‘zbekiston, Turkiya, Qozog‘iston va Beshefar kompaniyasi logosi tushirilgan bayroq) hilpirab turganini ko‘rishingiz mumkin. Kompaniya xodimlaridan birining izoh berishicha, asosiy bug‘doy Qozog‘istondan keltirilgani bois shu mamlakat bayrog‘i osilgan. Turkiya bayrog‘i hilpirashiga sabab esa bu yerdagi texnologiyalarning barchasi ayni shu mamlakatdan keltirilganidir. Ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston un ishlab chiqarish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchilikni ko‘zlamoqda.

Beshefar kompaniyasi muassislari aka-uka Mahmadaminovlar Turkiyaning yetakchi tegirmon ishlab chiqaruvchi kompaniyasi bilan shartnoma tuzib, sutkasiga 650 tonna un mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan liniyani olib kelishdi. Binolar qurilishi, uskunalar montaji va ishlab chiqarish uchun lozim bo‘lgan boshqa ishlar 2018 yilning birinchi choragida butkul ishga tayyor holatga keltirildi.

Beshefar kompaniyasi o‘zining kelgusidagi rejalarida to‘liq eksportga yo‘naltirilgan un mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha loyiha ustida xorijlik hamkorlari bilan muzokaralar olib bormoqda. Mazkur loyihani amalga oshirish barobarida qo‘shimcha ravishda 200 kishi yangi ish o‘rni bilan ta'minlanadi.

Foto: Beshefar

Ta'kidlash joizki, Beshefar kompaniyasi nomi uch aka-uka - Begzod, Sherzod, Farhod ismlarining ilk harflaridan hosil bo‘lgan.

"Jigarlarim - Sherzod, Farhod va korxonamizning mehnatsevar xodimlariga alohida minnatdorchilik bildiraman. Ishonchim komilki, sizlardek iqtidorli xodimlar bilan yangidan-yangi cho‘qqilarni zabt etamiz, Xudo xohlasa. Tadbirkorlar yo‘lida juda katta-katta imkoniyatlar yaratib berayotgan muhtaram yurtboshimiz Shavkat Miromonovichga ulkan muvaffaqiyatlar, qilayotgan sa'y-harakatlarida omadlar tilayman. Barchangizga rahmat!", - deydi Beshefar kompaniyasi muassisi Begzod Mahmadaminov.

Foto: Beshefar
Foto: Beshefar

Ma'lum qilinishicha, kompaniya bu bilan cheklanib qolmay, sifat ustida doimiy ishlab, yil sayin yangidan-yangi modernizatsiya bosqichlarini kechiradi. Talabga qarab ishlab chiqarish hajmini ham oshirib boradi. "Mo‘'tabar" uni nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyodagi eng sifatli unlardan biri bo‘lishiga ishonch bildirildi.

"Avvalambor bu kompaniya ta'sischilarini O‘zbekiston Respublikasi rivojiga qo‘shayotgan hissasi bilan chin yurakdan tabriklaymiz. Ushbu korxona 2016 yil oxirida Davlat raqobat qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan ommaviy oferta savdosiga qo‘yilgan edi. Sotib olgan mulkdorlarda korxonani ishga tushirishga doir bir necha loyihalar bo‘lgan. Xususan, 2017 yilning 23 fevralida qabul qilingan 2796-sonli qaror doirasida bu korxona mulkdorlarini boshqarmaga taklif qildik va bir necha loyihalarni ko‘rib chiqdik. Ular ichida bizga hamda mulkdorlarga ma'qul bo‘lgan loyiha poytaxt aholisiga zarur bo‘lgan un mahsulotlarini yetishitirib chiqarish bo‘ldi. Biz barchamiz korxonani ishga tushirishga doir "yo‘l xaritasi"ni tuzdik va uning asosida ushbu yirik korxona ishga tushirildi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra,  korxonaning bugungi darajasiga kelishi uchun 10 milliard so‘mdan ortiq investitsiya mablag‘lari kiritildi, unda 200 dan ortiq ish o‘rinlari yaratalishi ko‘zda tutilgan. Investorlarga kattadan-katta omadlar tilaymiz", - deydi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshlig‘i Otabek Yaminov.

Foto: Beshefar

Bugun qator islohotlar jadal amalga oshirilayotgan bir davrda yurtimizda yangidan-yangi zavod va korxonalarning ishga tushirilishi o‘zbek xalqini qo‘shimcha ish o‘rinlari bilan ta'minlashi shubhasiz. Shunday ekan, bunday korxonalar soni ko‘payishiga tilakdoshmiz.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid