Jahon | 09:16 / 11.05.2018
19393
1 daqiqa o‘qiladi
AQShda 11 sentabr voqealaridan so‘ng qancha odamga tovon puli to‘lab berilgani aytildi
AQShda taxminan 16,8 ming kishi 2001 yilning 11 sentabr kuni yuz bergan teraktlar tufayli tovon pullarini oldi.
Bu haqda TASS 11/09 qurbonlariga tovon puli to‘lash Jamg‘armasi hisobotiga asosan xabar bermoqda.
«Jamg‘arma 19 019 kishidan tovon puli borasida kelib tushgan murojaatni asosli deb topdi. Ulardan 16 769 nafariga tovon puli ajratish haqida qaror qabul qilindi», - deyiladi hisobotda.
Ta'kidlanishicha, tovon pullarining umumiy summasi 3,649 mlrd dollardan oshib ketgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh sudi Eronga 11 sentabr teraktlari bo‘yicha ko‘p milliardlik tovon puli to‘lash majburiyatini qo‘ygandi.
Mavzuga oid
22:14
Tramp lavozim taqsimlamoqda: Pentagon jurnalistga, Maskka yangi departament
15:44
AQShda jarroh robot videoga qarab operatsiya qilishni o‘rgandi
14:22
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
22:03 / 12.11.2024