Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron TIV rahbari YeI, Xitoy va Rossiya bilan yadroviy bitimni muhokama qiladi
Eron TIV rahbari Muhammad Javod Zarif Xitoy, Rossiya va Belgiyaga tashrif buyurib, AQShning yadroviy bitimdan chiqish to‘g‘risidagi qarorini muhokama qiladi. Bu haqda RIA «Novosti» idoradagi manbaga asosan xabar bermoqda.
«Zarif yakshanba kuni Qo‘shma keng ko‘lamli harakatlar rejasini muhokama qilish uchun diplomatik turneni boshlaydi. Safar Xitoydan boshlanadi, vazir bu yerda yakshanba va dushanba kunlari bo‘ladi, so‘ng Zarif Rossiyaga boradi hamda o‘z hamkasbi bilan uchrashadi, keyin yevropalik hamkasblar bilan uchrashish uchun Bryusselga yo‘l oladi», - deya qayd etib o‘tdi manba.
Uning ta'kidlashicha, Zarif ushbu masala bo‘yicha xorijiy davlatlar diplomatlari bilan ham qator uchrashuvlar o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Eron bilan «yaxshi bitim»ga erishish niyatida ekani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025