Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya: xorijda yadro sinovlarini yashirish bo‘yicha ishlanmalar bor
Rossiya Mudofaa vazirligi Maxsus nazorat xizmati boshlig‘i polkovnik Igor Tokarevning ma'lum qilishicha, xorijda yadro sinovlarini yashirishga yo‘naltirilgan ishlanmalar takomillashtirilmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bergan.
«Texnik jihatdan bunday sinovlarni maxfiy tarzda o‘tkazish oson, hamda bu yo‘nalish bo‘yicha ishlanmalar bor va takomillashtirilmoqda», - dedi Tokarev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yadro sinovlarini yashirish choralari orasida yadro zaryadlari quvvatini pasaytirish, zaryad qo‘yish chuqurligini oshirish va seysmik to‘lqinlar paydo bo‘lish ehtimolini pasaytiruvchi geologik jinslar orasida sinovlar o‘tkazish bor.
Shuningdek, Maxsus nazorat xizmati rahbarining ta'kidlashicha, Rossiyada yadro sinovlarini kuzatib borish bo‘yicha yangi usullar rivojlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp nima yadroviy urushga olib kelishini aytgandi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025