Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
General-mayor Pavel Ergashev Turkiyadagi xalqaro harbiy mashg‘ulotlarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi
Turkiyada Efes-2018 xalqaro harbiy mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. U yerda O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining o‘rinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i, general-mayor Pavel Ergashev kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan. Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Izmirdagi Do‘g‘onbey poligonida o‘tkazilgan mashqlarni Gruziya, Qozog‘iston, Sudan, Bosniya va Gertsegovina, Kuvayt, Nigeriya, Qatar, Ruminiya bosh shtablari boshliqlari, Islom davlatlari terrorchilikka qarshi koalitsiyasi qo‘shinlari bosh qo‘mondoni Rahil Sharif kuzatib borgan.
Mashqlarga 7500 kishi, jumladan, AQSh, Ozarboyjon, Bangladesh, Baxrayn, Buyuk Britaniya, Bosniya va Gertsegovina, Jazoir, Gruziya, Italiya, Iordaniya, Qozog‘iston, Kosovo, Kuvayt, Vengriya, Makedoniya, Malayziya, Mongoliya, Pokiston, Ruminiya, Slovakiya, Saudiya Arabistoni va Iordaniyadan 945 nafar harbiy xizmatchi jalb etilgan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025