Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda ishlab chiqarilgan ilk aviatashuvchi kema sinov suzishiga jo‘nadi
Xitoyning ikkinchi va mamlakatda ishlab chiqarilgan birinchi aviatashuvchi kemasi Type 001A o‘zi joylashgan bazadan 13 may kuni ertalab sinov suzishiga jo‘nadi.
2013 yildan beri qurib kelingan kema 2017 yil aprelda suvga tushirilgandi. Kemaning uzunligi 315 metrni, eni 75 metrni, og‘irligi 70 ming tonnani, kreyserlik tezligi 31 dengiz uzelini (55 km/soat) tashkil qiladi. Kema bortida 36 ta Tszyan-15 (J-15) qiruvchi samolyoti joylashtirilishi mumkin.
Xitoyning ilk aviatashuvchi kemasi “Lyaonin” Ukrainadan 1998 yilda sotib olingan, qurib bitkazilmagan “Varyag” kreyseri negizida qurilgan. Uni aviatashuvchi kreyserga aylantirish bo‘yicha ishlar 2005 yilda Dalyandagi kemasozlik zavodida boshlangan. Kemaning ilk dengiz sinovlari 2011 yilda o‘tgan, Xitoy harbiy-dengiz kuchlari safiga esa 2012 yil sentabrda kiritilgan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025