Sport | 19:00 / 13.05.2018
5423
8 daqiqa o‘qiladi

«Zenit» autsayderni ayamadi, Galiulin va «Tosno» ligani tark etdi. Rossiya chempionatida mavsum yakunlandi

Sankt-Peterburgning «Zenit» klubi natijasi ahamiyatsiz bo‘lgan o‘yinda «SKA-Xabarovsk»ni qabul qildi va 6:0 hisobida maydon egalari foydasiga hal bo‘ldi.

Ko‘k-oq-ko‘klar safida Aleksandr Yeroxin pokerni rasmiylashtirdi, Sebastyan Driussi va Anton Zabolotnyy bittadan gol urishdi.

Roberto Manchini «Zenit» boshqaruvida oxirgi o‘yinni o‘tkazdi, shuningdek, bu o‘yin jamoa sardori Domeniko Krishito uchun piterliklar safidagi oxirgi o‘yin bo‘ldi.

Bu yirik g‘alabadan keyin «Zenit» ochkolari sonini 53taga yetkazdi va RFPL turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egalladi. «SKA-Xabarovsk» 13 ochkosi bilan chempionatni oxirgi o‘rinda yakunladi.

Muddatidan oldin chempionlikni naq qilgan «Lokomotiv» bu turda Tulaning «Arsenal» jamoasiga mag‘lub bo‘ldi. 

Tulada kechgan uchrashuv maydon egalarining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yindagi gollarga Artyom Dzyuba va Kantemir Berxamov mualliflik qilishdi. Poytaxtliklar jamoasi o‘yinni bir kishi kam bo‘lib yakunladi — 86-daqiqada ikkinchi sariq kartochkadan keyin Solomon Kverkveliya maydonni tark etdi. 

«Lokomotiv» mavsumni 60 ochko to‘plagan holda birinchi o‘rinda yakunladi, «Arsenal» 42 ochko to‘plab turnir jadvalida 7-o‘rinni oldi.

Bu tur o‘yinlaridan keyin ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi o‘rin sohiblari ham aniq bo‘ldi.

Autsayder «Anji»ni o‘z uyida Ahmed Musa va Vitinoning gollari evaziga mag‘lub etgan (2:1) TsSKA ikkinchi o‘rinni egalladi va keyingi mavsumda «armiyachilar» YeChL guruh bosqichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etadigan bo‘lishdi, mavsum yakunlariga ko‘ra 24 ochko bilan 13-o‘rinni egallagan «Anji» esa «Amkar» bilan birgalikda o‘tish o‘yinlarida ishtirok etadi (FNLning 3-4 o‘rinlarini egallagan jamoalarga qarshi).

«Spartak» oxirgi turda «Dinamo»ga yutqazdi (0:1) va chempionatni uchinchi o‘rinda yakunladi. Moskvaliklar jamoasi keyingi mavsumda YeChLda ishtirok etish uchun saralash bosqichida ishtirok etishi kerak.

To‘rtinchi o‘rin «Krasnodar»ga nasib etdi, bu jamoa oxirgi turda «Rubin» bilan ochkolarni bo‘lishib oldi (1:1) va keyingi mavsumda Yevropa ligasida ishtirok etadigan bo‘ldi.

Bu turda «Ufa» «Tosno»ni qabul qildi. «Neftyanik» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 5:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yindagi gollar Dmitriy Jivoglyadov (dubl), Dmitriy Sysuyev, Silvestr Igbun va Ivan Paurevich nomiga yozildi.

Bu yirik g‘alabadan keyin «Ufa» 43 ochko jamg‘argan holda Rossiya chempionati turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egallab, Yevropa ligasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Tarkibida o‘zbekistonlik futbolchi Vagiz Galiulin asosiy yetakchi bo‘lgan «Tosno» esa 24 ochkosi bilan qolib, 15-o‘rinni egalladi va RFPLni tark etdi. Qayd etish kerakk, Rossiya Kubogining joriy mavsumdagi g‘olibi bo‘lmish «Tosno» bu o‘yinda g‘alaba qozonganida divizionda qolishi mumkin edi, 14-o‘rin uchun raqobatchi «Anji» parallel kechgan uchrashuvda TsSKAga mag‘lub bo‘ldi (1:2).

O‘zbekistonlik yana bir futbolchi Eldor Shomurodov jamoasi «Rostov» esa bu turda «Ural»ni qabul qilib, Ionov urgan gol evaziga g‘alaba qozondi hamda ligada jon saqlab qoldi - 37 ochko va 11-o‘rin.

«Amkar» va «Axmat» uchrashuvida hisob ochilmasdan qoldi (0:0).

Rossiya chempionati
30-tur

Zenit – SKA Xabarovsk 6:0 (3:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 6 Driussi, 2:0 – 21 Zabolotnyy, 3:0 – 38 Yeroxin, 4:0 – 49 Yeroxin, 5:0 – 60 Yeroxin, 6:0 – 78 Yeroxin.
Zenit – Baburin, Mevlya, Krishito (Skrobotov, 87), Smolnikov, Kuzyayev, Yeroxin, Rigoni, Paredes, Jirkov (Nabiullin, 67), Zabolotnyy, Driussi (Ozdoyev, 61).
SKA Xabarovsk – Dovbnya, Grishko, Putsko, Navalovskiy (Maksimenko, 70), Cherevko, Savichev, Dimidko (Kazankov, 46), Fedotov (Nikiforov, 84), Samsonov, Kanunnikov, Kabutov.
Ogohlantirishlar: Kuzyayev (37), Mevlya (54), Jirkov (56), Savichev (65), Cherevko (74).

Arsenal Tula – Lokomotiv 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 29 Dzyuba, 2:0 – 90 Berxamov.
Arsenal Tula – Levashov, Sunzu (Denisov, 87), Alvares, Xagush, Belyayev, Tkachev, Gorbatenko (Ivakin, 90), Aleksandrov, Berxamov, Kangva, Dzyuba.
Lokomotiv – Kochenkov, Rotenberg (Lysov, 64), Kverkveliya, Denisov (Rybus, 65), Miranchuk (Miranchuk, 46), Mixalik, Tarasov, Barinov, Fernandesh, Ari, Eder.
Ogohlantirishlar: Belyayev (41), Kverkveliya (45), Sunzu (53), Rotenberg (57), Xagush (78), Eder (80).
Chetlatish: Kverkveliya (86).

TsSKA – Anji 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 9 Musa, 1:1 – 33 Xubulov, 2:1 – 61 Vitino.
TsSKA – Akinfeyev, Berezutskiy (Natxo, 46), Nababkin, Ignashevich, Berezutskiy, Dzagoyev (Milanov, 85), Golovin, Fernandes, Chalov (Bistrovich, 75), Musa, Vitino.
Anji – Budakov, Armash, Samardjich, Musalov, Poku (Leskano, 46), Anton, Xubulov, Danchenko, Yakovlev (Xamdamov, 66), Prudnikov, Markelov (Poluyaxtov, 28).
Ogohlantirishlar: Nababkin (32), Danchenko (68), Golovin (68), Anton (90).

Spartak – Dinamo 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 35, penalti Lutsenko.
Spartak – Rebrov, Samedov, Maksimovich (Fernando, 68), Kutepov, Timofeyev (Kombarov, 76), Pashalich, Promes, Zobnin, Xanni (Ze Luish, 46), Melgarexo, Luis Adriano.
Dinamo – Shunin, Shunich, Xolmen, Kozlov, Rykov, Sou, Raush, Tashayev, Tette (Sosnin, 73), Panchenko (Chernyx, 63), Lutsenko (Markov, 90).
Ogohlantirishlar: Kozlov (8), Rykov (8), Kutepov (34), Markov (90), Tashayev (90), Rebrov (90). 

Krasnodar – Rubin 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 56 Mamayev, 1:1 – 87 Azmun.
Krasnodar – Kritsyuk, Grankvist, Martynovich, Ramires, Petrov, Pereyra (Shishkin, 66), Gazinskiy, Klasson, Mamayev (Joaozino, 73), Vanderson (Kabore, 79), Smolov.
Rubin – Janayev (Ryjikov, 83), Navas (Granat, 11), Ustinov, Kudryashov, Kambolov (Sorokin, 46), Noboa, Enake, Popov, Mogilevets, Konovalov, Azmun.
Ogohlantirishlar: Vanderson (43), Kambolov (45), Pereyra (48), Mamayev (56), Smolov (61).

Ufa – Tosno 5:0 (2:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 30 Jivoglyadov, 2:0 – 32 Sysuyev, 3:0 – 50 Igboun, 4:0 – 81 Paurevich, 5:0 – 84 Jivoglyadov.
Ufa – Belenov, Nedelcharu, Alikin (Safronidi, 84), Yokich, Jivoglyadov, Sysuyev (Karp, 43), Paurevich, Oblyakov, Salatich, Igboun, Tumasyan (Zaseyev, 79).
Tosno – Yurchenko, Dugalich, Chernov, Margasov (Jigulev, 63), Buyvolov, Skvortsov (Truyich, 72), Poletanovich, Galiulin, Nunu Rosha, Karnitskiy (Melkadze, 46), Rikardino.
Ogohlantirishlar: Nunu Rosha (29), Skvortsov (47), Tumasyan (52), Jivoglyadov (85), Safronidi (88).

Rostov – Ural 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 57 Ionov.
Rostov – Abayev, Ingason, Sigurdsson, Vilyush, Skopintsev, Ionov (Zuyev, 72), Kalachev (Mayer, 89), Gatskan, Guliyev (Yusupov, 90), Parshivlyuk, Sigurdarson.
Ural – Godzyur, Aroyan, Merkulov, Chernov (Portnyagin, 76), Kulakov, Fidler, Yemelyanov, Bikfalvi, Dimitrov (Glushkov, 89), El-Kabir, Ilin (Yevseyev, 85).
Ogohlantirishlar: Fidler (41), Aroyan (88).

Amkar – Axmat 0:0 (0:0, 0:0)
Amkar – Nigmatullin, Sivakov, Konde (Bodul, 59), Idovu, Belorukov, Balanovich (Ogude, 74), Braun Forbs (Kostyukov, 64), Ryazantsev, Gol, Gashchenkov, Milkovich.
Axmat –    Gorodov, Semenov, Rodolfo, Moxammadi, Anxel, Ismael, Gigolayev, Mitrishev (Berisha, 64), Shvets (Mbeng, 77), Pliyev, Balay (Ivanov, 60).
Ogohlantirishlar: Kostyukov (82), Bodul (84).
Chetlatish: Anxel (50).

Turnir jadvali

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid