Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh elchixonasining Al-Qudsga ko‘chirilishi diniy ixtilofga yangi kuch beradi – falastinlik diplomat
AQShning Isroildagi elchixonasining Tel-Avivdan Al-Qudsga ko‘chirilishi diniy ixtilofga yangi kuch beradi, deb hisoblamoqda Falastinni ozod qilish tashkilotining Vashingtondagi delegatsiyasi rahbari Xusam Zomlot.
“Baxtga qarshi, AQSh ma'muriyati asrlar davomida barcha dinlar uchun muqaddas bo‘lgan shaharga egalik qilishga mutlaq huquqqa da'vo qilgan Isroil tomonini oldi. Elchixonaning ko‘chirilishi munosib tinchlik o‘rniga diniy ixtilofga yangi kuch beradi”, deb aytgan Zomlot.
Diplomatning aytishicha, elchixonaning ko‘chirilishi AQSh ikki davlatni ko‘zda tutuvchi yechimga erishish bo‘yicha xalqaro sa'y-harakatlar tashabbuschisi bo‘lgan davr yakun topganini bildiradi. Zomlotning fikricha, AQSh ushbu mintaqada tinchlikparvar rolidan bosh tortdi va Falastin atrofidagi mavhumlikni yanada kuchaytirdi.
AQShning Isroildagi elchixonasi bugun, 14 may kuni Isroil tashkil topganining 70 yilligi kunida Al-Qudsga ko‘chiriladi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025