Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron bilan kelishuvdan chiqish AQShga qimmatga tushadi – MRBning sobiq rahbari
AQShning Eron bilan yadroviy kelishuvdan chiqishi uning Yevropa bilan qarama-qarshiligiga olib keladi. Bunday fikrni Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq direktori Maykl Xayden Spiegel jurnaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Vashington kelishuvdan voz kechishini va kelishuvgacha mavjud bo‘lgan sanksiyalarni Eronga qayta joriy qilishini ma'lum qildi. Kelishuvga a'zo qolgan davlatlar (Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya) AQShning bu qaroriga qarshi chiqishmoqda. AQShning Yevropadagi hamkorlari kelishuvga rioya qilib qolishlarini aytishmoqda.
“Qarama-qarshilik birinchi navbatda Eron bilan emas, Yevropadagi do‘stlarimiz bilan yuz beradi. Yevropaliklar “Bizning fikrimiz inobatga olinadimi? Amerikaliklar bizni haqiqatan jiddiy qabul qiladilarmi?” deb savol berishga asosga egalar. Biz bu qaror bilan eng yaxshi do‘stlarimizni g‘azablantiramiz va transatlantik munosabatlar barbod bo‘ladi”, deb aytgan Xayden.
“Tramp o‘z hukmini Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniyaga o‘tkaza olganidan tantana qilmoqda. Biroq bu qisqa muddatli g‘alaba qimmatga tushadi”, deb xulosa qilgan Xayden.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025