Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maktab qorovuli o‘limiga qadar pensiyasini yig‘ib bordi va bolalarga 175 ming dollar xayriya qildi
Elvin Rendlett o‘z vaqtida hattoki beshinchi sinfni tamomlashga ham imkoniyat topa olmagan, biroq har doim ta'lim muhim ekanini tushungan va o‘z hayotining katta qismini AQShning Kovingtonidagi maktabda o‘tkazib, bolalar haqida qayg‘urdi.
Elvin hayotdan ko‘z yumganida 75 yoshda edi. U 32 yil davomida Kovingtondagi oltinchi tuman maktabida qorovul bo‘lib ishladi. O‘quv muassasasidagi bolalarning ko‘pchiligi kam ta'minlangan oilalardan bo‘lib, erkak ularga imkon qadar yordam berishga harakat qilib kelgan.
"Garchi mister Rendlett deyarli hech qayerda o‘qimagan bo‘lsa ham, u dono va saxiy qalb sohibi edi. U bolaga hattoki bitta tabassum, yaxshi so‘z yoki hazil ham yordam berishini bilardi. Elvin ko‘plab bolalarning og‘ir sharoitini ko‘rib, ularni himoya qilish g‘oyasiga bog‘lanib qoldi", - deydi Elvinning do‘sti Jyeff Silka.
Aynan Jyeff Silka Elvinning vasiyatnomasini sudda taqdim etdi va bu ajoyib inson haqida gapirib berdi. Elvin pensiyaga chiqqanidan keyin ham ishlagan. U yig‘ib qo‘ygan pullarini sarflamagan, balki yaxshi niyatda saqlab turgan. Erkak o‘zining barcha pullarini – 175 ming dollar – shafqatsiz munosabat qurbonlari bo‘lgan bolalarga yordam jamg‘armasiga o‘tkazib bergan.

"Bu vasiyatnoma bolalarga nisbatan mehribonligi, vijdonliligi va muhabbati buyuk bo‘lgan inson aslida kim bo‘lganini yanada teran anglashga yordam beradi", - deydi Silka.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025