Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirishkorda yuqori hosildorlikka erishgan fermer xo‘jaliklariga yengil avtomobillar navbatsiz beriladi
Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumani dehqonlari klaster uslubida 10 ming gektardan oshiq maydonga paxta xom ashyosini yetishtirish, qayta ishlashda o‘z vaqtida qadalgan urug‘ bugun bexato unib chiqdi. Omilkor dehqonlar g‘o‘za qator oralariga ilk agrotexnik ishlovlarni ham maydonga joriy yil hosili uchun chigit qadashgan edi.
Ma'lum bo‘lishicha, hozirgi kunda kerakli texnika ehtiyot qismlari, begona o‘t va turli zararkunanda hasharotlarga qarshi qo‘llaniladigan germitsitlar keltirilib, dastlabki ishlovlar amalga oshirildi.
E'tiborlisi, 16 hududdagi klaster mutaxassis hosilotlariga 20ta “Matiz” avtomashinalari keltirildi. Ayni chog‘da mirishkorlik dehqonlar gektarlar hosildorligini 40-50 sentnerga yetkazish maqsadida tinmay ter to‘kishmoqda. Mavsum yakunida yuqori hosildorlikka erishgan fermer xo‘jaliklariga ham O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillari navbatsiz berilishi rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
11:21 / 23.05.2025
4 oyda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil ma’lum qilindi
14:57 / 01.05.2025
Germaniya avtomobil ishlab chiqaruvchilari Trampning tariflari tufayli yo‘qotishlarga duch kelmoqda
13:57 / 28.02.2025
Elektrdan o‘g‘rincha foydalanib kelgan fermer xo‘jaligi aniqlandi
12:09 / 25.02.2025