Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Murad Buildings» qurilishni to‘xtatdi
Toshkent shahri Yunusobod tumani 8-dahasida joylashgan 17, 18, 19 va 20 sonli ko‘p qavatli uylar orasida «Murad Buildings» kompaniyasi tomonidan 1,23 ga yer maydonida ko‘p qavatli turar-joy qurilishi boshlanishi bo‘yicha ushbu xududda yashovchi aholidan kelib tushayotgan murojaatlar Toshkent shahar hokimi tomonidan o‘rganib chiqildi, deyiladi Toshkent shahar hokimligi rasmiy saytida e'lon qilingan axborotda.

«Murad Buildings» kompaniyasi rahbari Murod Nazarov ushbu holat bo‘yicha Toshkent shahar hokimi bilan telefon orqali muloqotdan so‘ng qurilish ishlarini to‘xtatdi va shu hududda yashovchi aholi ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan binoni o‘z hisobidan qurib berishga va mahalla fuqarolar yig‘iniga topshirishga rozi ekanligini bildirdi.

«Shu o‘rinda aytish kerakki, Murod Nazarov o‘zining harakati bilan haqiqiy tadbirkor qanday bo‘lishi kerakligini va tom ma'noda Mardlik namunasini ko‘rsatdi», deb yozadi Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati.
Mavzuga oid
19:38 / 04.07.2024
“Yaponiyadagi tutingan dadam soliq to‘lashning ahamiyatini tushuntirgan” - Tokioda Murod Nazarov bilan suhbat
14:54 / 22.02.2024
Nest One haqida tarqatilgan mish-mish rad etildi
09:00 / 06.12.2023
Murad Buildingsʼning 20 yilligi munosabati bilan BMW sohibi bo‘ling!
17:55 / 23.12.2022