Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Para-atletika bo‘yicha Xitoy ochiq chempionatida O‘zbekiston delegatsiyasi 6ta medalni qo‘lga kiritdi
11-13 may kunlari Xitoyda bo‘lib o‘tgan “PeKIN-2018” Ochiq chempionatida 11 nafar hamyurtimiz munosib ishtirok etishdi va 6ta medalni qo‘lga kiritdilar.
11 may kuni erkaklar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bahslarda Mansur Abdirashidov ko‘zi ojiz sportchilar o‘rtasidagi 100 m. masofaga yugurish bo‘yicha (00:11:31) kumush medali sohibiga aylandi. Yana bir sportchimiz Izzat Turgunov jismoniy nuqsoni bor sportchilar o‘rtasida xuddi shu masofada bronza medal va uzunlikka sakrashda (5.31m.) oltin medal sohibi bo‘ldi.
12 may kuni sportchimiz Aleksandr Svechnikov nayza otishda (66.96m.) va Safiya Burxonova yadro uloqtirishda (13.63m.) oltin medallarini qo‘lga kiritdi.
Musobaqaning so‘ngi kunida Mohigul G‘amdamova nayza otishda 19.69m. natija bilan 2-o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz Pekin-2018 Ochiq chempionatida 305 sportchi 253ta medalli o‘rinlar uchun kuch sinashdi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025