Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yuventus» ikkita chempionlik rekordini yangiladi
«Yuventus» Italiya chempionatining 37-turi doirasida «Roma» bilan mehmonda durang qayd etdi. Rimdagi «Olimpiko» stadionida kechgan bellashuv 0:0 hisobida yakunlandi.
«Yuventus» (92 ochko) ushbu natijadan so‘ng, A Seriya turnir jadvalida «Napoli»ning (88) o‘ziga yetib olish imkonini yo‘qqa chiqardi va qatorasiga yettinchi chempionligini muddatidan avval rasmiylashtirdi. Shu tariqa, turinliklar Italiya chempionatini ketma-ket yutib olish bo‘yicha o‘z rekord ko‘rsatkichlarini yangilashdi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘yin «Inter»da, u A Seriyani 2006-2010 yillar davomida besh marotaba yutib olgan.
Shuningdek, «Yuventus» Italiya chempionatidagi g‘alabalar umumiy soni bo‘yicha o‘z rekordini yangiladi – 34. Bunda ikkinchi o‘rinni «Milan» va «Inter» bo‘lishib turibdi (18tadan).
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
11:38 / 05.05.2025
«Real» poygada qolmoqda, Shomurodovda muvaffaqiyatli seriya. Kun o‘yinlari
16:41 / 02.05.2025