Iqtisodiyot | 20:01 / 14.05.2018
4117
2 daqiqa o‘qiladi

Xerox Fujifilm bilan 6,1 mlrd dollarlik kelishuvdan bosh tortdi

Foto: AP /Douglas Healey

Amerikaning Xerox kompaniyasi Yaponiyaning Fujifilm korporatsiyasi bilan kelishuvni rad etdi, tomonlar bu haqda 2018 yil yanvar oyida e'lon qilishgandi. Bu haqda Xerox matbuot xizmati xabar bergan.

Kelishuvdan bosh tortish qarori Xerox’ning 13 foiz aksiyasiga ega bo‘lgan investorlar Karl Aykan va Darvin Dison bilan kelishmovchiliklar hal etilishi bo‘yicha bitim imzolanganidan so‘ng qabul qilindi. di. Ular Fujifilm bilan birlashishga qarshi chiqdilar va buni sud tartibiga hal qilishmoqchi bo‘lishdi.

Sarmoyadorlar bilan erishilgan kelishuvning bir qismi sifatida Fujifilm bilan kelishuvni nazorat qilib borgan Xerox bosh direktori Jyeff Jyeykobson iste'foga chiqadi. Kompaniyani, shuningdek, boshqaruv kengashining besh a'zosi ham tark etadi. Yangi bosh direktorga IBM va HP Enterprises’dan chiqqan Jon Vicentin aylanadi. Direktorlar kengashiga Icahn Enterprises bosh direktori Kit Kotstsi rahbarlik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xerox rahbariyati yirik mojaro sabab iste'foga chiqishi xabar berilgandi.

 

Mavzuga oid