Afg‘onistonda toshqinlar oqibatida 34 kishi halok bo‘ldi
Afg‘onistonda oxirgi haftada yuz bergan toshqinlar oqibatida kamida 34 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Pajvak” axborot agentligi ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, hafta davomida davomiy yomg‘irlar sababli Samangan, Taxor, Kapisa, Baglan, Badahshon, Badgis, Panjar va G‘azni viloyatlarida toshqinlar yuz bergan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, toshqinlar oqibatida kamida 4 kishi jarohat olgan, 600 bosh chorva yo‘qotilgan, 40,5 gektar fermerlik yerlariga putur yetgan va 864 ta xonadon vayron bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, jabr ko‘rgan oilalarni aniqlash maqsadida tadqiqot o‘tkazilmoqda. Ziyon yetgan yoki o‘z uyini tark etishga majbur bo‘lgan odamlarga gumanitar yordam taqdim qilinadi.
Mavzuga oid

21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi

15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin

17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi

17:47 / 12.05.2025