Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda kuchli yomg‘ir tufayli 4ta xo‘jalikni suv bosdi
Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining ma'lumotiga ko‘ra, 2018 yil 14 may kuni viloyatning Kitob tumanida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida sel oqimlari oqib o‘tgan.
FVV axborot xizmati xabariga ko‘ra, sel oqimlari oqib o‘tish natijasida «Jillisuv» aholi punktida 4 ta xo‘jalikni suv bosgan.
Qashqadaryo viloyati FVB boshchiligida hududiy FVDT xizmatlari kuch-vositalarini jalb qilgan holda ko‘cha va ariqlar shuningdek «Jillisuv» mahallasi hududining ichki irrigatsiya tizimlarini tozalash ishlari amalga oshirilgan.
Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishga Qashqadaryo viloyatining hududiy FVDT xizmatlaridan 81 kishi, 5 ta texnika jalb qilingan.
Sel oqimlari oqibatida jabrlangan va vafot etganlar to‘g‘risida ma'lumotlar kelib tushmagan.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
13:30 / 07.05.2025
O‘zbekistonda ilk bor yomg‘irni sun’iy yog‘dirish texnologiyasi sinab ko‘rilmoqda
19:37 / 23.04.2025