Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ramazon oyi boshqa musulmon davlatlarida ham 17 may kuni boshlanadi
11 may kuni O‘zbekiston musulmonlar idorasi majlislar zalida yurtimizga Ramazon oyi kirib kelishi 17 may kuniga to‘g‘ri kelishi haqida matbuot anjumanida aytilgandi. Ayni paytda barchani qiziqtirgan savol, qo‘shni va xorijiy davlatlarda taomil qanday bo‘ldi?
Rasmiy va ishonchli axborot agentliklarining ma'lum qilinishicha, Avstraliya, Malayziya, B.A.A., Saudiya Arabistoni, Turkiya, Iroq va Liviyada ro‘zai-ramazon 17 may kuni boshlanadi.
«16 may kuni osmonda yangi oy kuzatilmagani tufayli, 17 may kuni Ramazon boshlanishi ma'lum qilinadi», deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Shayx Abdulaziz Mansur tomonidan O‘zbekiston hududida Astronomiya instituti ilmiy xulosalariga asosan, Ramazonning birinchi kuni 17 may kuni bo‘lishini e'lon qilgandi.
Mavzuga oid
20:24 / 31.01.2025
Qozog‘istonda Ramazon oyining boshlanish sanasi e’lon qilindi
20:15 / 08.04.2024
Prezident bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi
18:37 / 01.04.2024
Turkmaniston prezidenti «Qadr kechasi» munosabati bilan 356 nafar mahbusni afv etdi
12:44 / 14.03.2024