Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni hakam Al-Mirdasiy bo‘yicha FIFAga ochiq xat yozdi
Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi FIFAga murojaat qilib, Fahad Al-Mirdasiyni jahon chempionatida ishlaydigan hakamlar ro‘yxatidan o‘chirishni so‘radi.
Avvalroq, federatsiya Fahad Al-Mirdasiyni futboldan umrbod diskvalifikatsiya qilgan edi.
Federatsiya matbuot xizmati xabariga ko‘ra, u Qirol Kubogi finalida ishtirok etuvchi klublardan biridan pora so‘ragan. Shundan so‘ng, u hibsga olingan va o‘z aybini tan olgan.
Ammo, ayni paytda Al-Mirdasiy JCh-2018 o‘yinlarini boshqaradigan hakamlar ro‘yxatida turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Al-Mirdasiy Konfederatsiyalar Kubogi -2017 turnirida uchinchi o‘rin uchun bahsni boshqargan, shuningdek Rio-2016 olimpiadasida ham ishlagan edi.
Hakam O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinlarini ham boshqargan. So‘nggi marta u 2016 yil noyabr oyida o‘tkazilgan, JCh-2018 saralashidan o‘rin olgan Janubiy Koreya - O‘zbekiston (2:1) bahsida bosh hakam sifatida ishlagan edi.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?
22:01 / 13.05.2025