O‘zbekiston | 09:27 / 17.05.2018
33425
1 daqiqa o‘qiladi

Bosh prokuratura huzuridagi Agroinspeksiyaga rahbar tayinlandi

Foto: Norma.uz

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 7 may kungi «O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta'minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta'minlash yuzasidan Agroinspeksiya rahbariyati hamda hududiy boshqarmalar boshliqlari tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar bermoqda.

Xususan, inspeksiya boshlig‘i etib Umarbek Yaxshimurodovich Xalilov, inspeksiya boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib esa Saidakbar Egamberdiyevich Ro‘ziyev tayinlandi. 

Bundan tashqari, yana uch o‘rinbosar va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlardagi hududiy boshqarmalarga rahbarlar tayinlandi.

Mavzuga oid