Jahon | 20:47 / 17.05.2018
10245
2 daqiqa o‘qiladi

Indoneziya yaqinida ko‘plab yangi suv osti jonzotlari topildi

Singapur va Indoneziya biologlari guruhi Hind okeani tubida avval fanga noma'lum bo‘lgan bir qator jonzotlarni aniqlashdi. Bu haqda Daily mail nashri ma'lum qildi

Mart oxirida olimlar Hind okeani bo‘ylab 2 haftalik ekspeditsiyaga jo‘nashgan. Ular ekspeditsiya davomida 800 ga yaqin turdagi jonzotlarni tahlil uchun tanlab olishgan. Jonzotlar orasida bir nechta yangilari, jumladan “qonli krevetkalar” va “arrali omar” bo‘lgan.  

“Hind okeanining bu qismida hech qachon chuqur suv osti jonzotlari izlanmagan, shu sababli bu yerda nima topish mumkinligini bilmasdik”, deb aytgan biologlardan biri.

Olimlarning fikricha, ular tutgan yangi jonzotlar orasida e'tiborlilaridan biri mushuk o‘lchamidek keladigan katta suv osti suvaragidir. Unga Dart Veyder Izopod deb nom ham berilgan.

Taxmin qilinishicha, ekspeditsiyada ochilgan yangi turdagi jonzotlarni o‘rganishga bir necha yil ketadi. Biologlar tadqiqotlarining ilk natijalarni 2020 yilgacha chop etishmoqchi.

Mavzuga oid