Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV AQShning «Abrams» tankini Rossiyaning «Armata»si bilan taqqosladi
Ekspertlar Kaliningrad yaqinidagi tank jangini modellashtirishdi va T-14’ning «Armata» universal gusenitsali platformadagi jangovar kuchi hamda Amerikaning «Abrams» tankini taqqoslashdi. Maqola National Interest jurnalida e'lon qilingan.
Jurnaldagilar 2020-yillarda yuz berishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy vaziyatni taxmin qilishdi: Kaliningrad yaqinida Rossiya va AQSh quruqlikdagi qo‘shinlarining tasodifiy to‘qnashuvi.
Nashrdan bildirishlaricha, bu paytda AQShda «Jyeneral Daynemiks» M1A2 SEP v.4 «Abrams» asosiy tankka aylansa, Rossiya qo‘shinlarida T-72B3M, T-80BVM, T-90M va T-14 «Armata» bo‘ladi.
Shveytsariya qurolli kuchlari kapitani Shtefan Byulerning fikricha, «Armata» tanklari Amerikaning «Abrams» yoki Germaniyaning «Qoplon 2»dan manyovr qila olish bo‘yicha ustun keladi: Rossiya tanki ulardan kuch bo‘yicha ortda qolmaydi, biroq, shu bilan birga, ancha yengilroq.
Byulerning fikricha, AQSh tanklarida kuzatuv tizimlari yaxshi takomillashgan. Biroq, uning ta'kidlanishicha, ular barcha tanklarga nisbatan kuchsizdir. Uning fikricha, bu ushbu turdagi qurolning zaif joyi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq The National Interest AQShning F-22 Raptor qiruvchisining Rossiyaga qarashli Su-57 bilan havo jangidagi imkoniyatlarini baholab chiqqandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025