Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hukumat qarori: Marg‘ilonda Erkin Vohidov nomidagi maktab-internat tashkil etiladi
Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida Erkin Vohidov nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqur o‘qitishga hamda xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatni tashkil etish to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” telegram-kanalida xabar berilgan.
Qarorga muvofiq, Marg‘ilon shahrida 210 o‘rinli maktab-internat tashkil etiladi.
2018-2019 o‘quv yilida maktab-internatning 5-8-sinflariga, 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab esa 5-sinfiga 30 nafardan o‘quvchi qabul qilinadi.
Mazkur maktab-internatni tashkil etishdan O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov nomini abadiylashtirish, shoir izdoshlarini kashf etish va ularning o‘z iste'dodlarini keng namoyon qilishlari uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.
Mavzuga oid
10:26 / 21.05.2025
Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internat faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
17:40 / 15.04.2025
Farg‘onadagi «zapravka»da Matizʼga o‘rnatilgan gazballoni portlab ketdi
17:21 / 05.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
18:24 / 09.03.2025