O‘zbekiston | 00:08 / 18.05.2018
14908
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Senatning prezidenti lavozimidagi keksa siyosatchi bilan suhbatlashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh Senati raisi o‘rinbosari, moliya bo‘yicha qo‘mitasi raisi Orrin Xetch boshchiligidagi senatorlar bilan muloqot qildi. 

Respublikachilar partiyasi a'zosi bo‘lgan Orrin Xetch chuqur bilim va katta tajribaga ega siyosatchi. U 1977 yildan beri senator sifatida hurmat qozongan. 

Bu nuroniy inson bilan muloqot fayzli va samarali bo‘ldi. Mamlakatlar va xalqlar o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish yuzasidan fikr almashildi.

Mavzuga oid