Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Buni boshqalar ham qiladi". Platini JCh-1998’da hiyla ishlatishganini tan oldi
UYeFAning sobiq rahbari Mishel Platini 1998 yilgi jahon chempionatida Fransiya bilan Braziliya terma jamoalarini finalga qadar uchrasha olmaydigan qilib, guruhlarga ajratilganini tan oldi.
"Biz 6 yil davomida jahon chempionatiga tayyorlanib, kichik hiylalardan foydalanmasak bo‘lmasdi. Boshqa mezbon davlatlar buni qilmaydi, deb o‘ylaysizlarmi? Fransiya hamda Braziliya o‘rtasidagi final barchaning orzusi edi", – dedi Platini.
1998 yilgi finalda Fransiya Braziliyani 3:0 hisobida mag‘lub etgan edi.
2015 yil Platini korrupsiya bilan bog‘liq muammolar sabab UYeFA rahbarligidan chetlatilgan edi.
Mavzuga oid
20:46 / 25.03.2025
Blatter va Platini moliyaviy firibgarlik ishi bo‘yicha yana oqlandi
12:20 / 09.09.2020
Kamavinga – Fransiya milliy jamoasining 106 yil ichidagi eng yosh debyutanti
08:49 / 17.12.2019
FIFA Blatter va Platinini sudga berdi
00:27 / 16.11.2019