Fan-texnika | 08:31 / 19.05.2018
9670
2 daqiqa o‘qiladi

Ilon Mask The Boring Company tomonidan qurilgan tunnel bo‘ylab safar qilish qanchaga tushishini aytdi

Foto: The Boring Company

Ilon Mask va The Boring Company kompaniyasining direktori Stiv Devis, Los-Anjyelesda shaharning metropoliteni bilan birgalikda qurilishi rejalashtirilgan Loop tezyurar yer osti magistral yo‘llari loyihasi haqida so‘zlab berdi. Tadbirkorlarning so‘zlariga ko‘ra, ishlanma kishilarga shahar markazi va aeroport o‘rtasidagi masofani sakkiz daqiqa ichida bosib o‘tish imkonini beradi. Va bu deyarli bepul amalga oshadi.

Loop deb nomlangan bitta kapsula 16 kishini o‘ziga qabul qilishi mumkin. Bir marta safar qilish narxi bir dollarga teng. Bu avtobus chiptasidan ham arzon. Sinovlarda kapsulalar soatiga bir necha yuz kilometrga tezlasha oldi. Liniya ishga tushirilganda, kapsulalarning o‘rtacha tezligi soatiga 240 kilometr bo‘ladi. Los-Anjyeles metropoliteni Maskning kompaniyasi bilan hamkorlik tafsilotlarini tez orada oshkor etishga va'da berdi.

Hozirgi vaqtda The Boring Company Los-Anjyeles ostidagi birinchi tunnel qurilishini muvofiqlashtirmoqda. Loyiha shahar bo‘ylab 60 millik Loop tunnel tarmog‘ining qurilishiga qo‘yilgan birinchi qadam bo‘ladi. Stiv Devisning aytishicha, Los-Anjyelesdan San-Frantsiskogacha tunnel bir necha hafta ichida qurilishi mumkin.

Los-Anjyelesdagi sinagogada bo‘lib o‘tgan loyihaning taqdimotiga Mask 25 daqiqaga kechikib kelib, bunga tirbandlik sabab bo‘lganini istehzo bilan aytdi. Taqdimot chog‘ida u nega uchar mashinalar tirbandlik muammosini hal qilish uchun mos emasligini aytib o‘tdi. Tunnellar, uning fikriga ko‘ra, yo‘lovchilar uchun uchar avtomobillarga qaraganda kamroq stressli transport, ammo xuddi ular kabi «quvnoqdir».

Mavzuga oid