O‘zbekiston | 10:00 / 19.05.2018
90787
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda sel tufayli 754 kishi evakuatsiya qilindi 

Foto: Xalq so‘zi

18 may kuni Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Elobod”, “Azlarsoy” va “Bogor” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida sel oqimi yuzaga kelgan.

«Sel oqimi oqibatida mahallalardagi qator uylarga suv toshib kirdi, buning natijasida 116 uydan 754 nafar kishi xavfsiz joylarga evakuatsiya qilingan», - deyiladi O‘zbekiston FVV xabarida.

Jarohat olgan shaxslar haqida ma'lumot mavjud emas.

Qumqo‘rg‘on tuman hokimligida sel oqimi oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tuman hokimi boshchiligida tezkor shtab tashkil etildi.

Shtab tarkibiga FVB, IIB, tuman kommunal xizmatlari va boshqa tegishli tegishli idoralar vakillari kirdi. Barcha kerakli kuchlar va vositalar safarbar etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq FVV yana sel xavfi haqida xabar berdi.

Bundan avval esa Qashqadaryoda sel oqibatida 5 kishi halok bo‘lgandi.

Mavzuga oid