Jahon | 01:04 / 19.05.2018
24840
1 daqiqa o‘qiladi

Suvda barpo etiladigan ilk davlat 2022 yilda paydo bo‘ladi

Amerikalik sarmoyachi va tadbirkor, Pay Pal to‘lov xizmati asoschilaridan biri Piter Til to‘liq suvda joylashadigan ilk davlat qurilishi uchun 50 mln dollar ajratmoqchi. Tadbirkor yirik olimlar va arxitektorlar bilan hamkorlikda va Polineziya hukumati qo‘llab-quvvatlovida aholisi 300 ta yirik obektda joylashtiriladigan mini-davlat yaratmoqchi. 

Uorvik universitetining loyiha ustida ishlayotgan olimlari sun'iy orol-davlat o‘zining raqamli valyutasi Vayron bilan mutlaq mustaqil davlat yaratishga imkon beradi, deb hisoblamoqdalar. Loyiha eng zamonaviy puxta materiallar va energiya tejovchi texnologiyalar: quyosh panellari va yuqori sig‘imga ega elektr energiya saqlagichlar qo‘llangan holda bajariladi. 

Butun obekt himoya to‘sig‘i bilan o‘ralgan 118 ta oroldan iborat yaxlit konstruksiyadan iborat bo‘ladi. Ushbu antiqa majmuani Taiti orollari yonida qurish rejalashtirilmoqda. 

Mavzuga oid